332

Zamonaviy Oʻzbekistonda xotin-qizlarning oʻrni

Zamonaviy dunyoda ayolning oʻrni qanday? Insoniyat paydo boʻlibdiki, mudom shu savolga javob izlaydi. Bugungi shiddatli dunyo – innovatsion texnologiyalar, taraqqiyot va kashfiyotlar asrida esa bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Oila farishtasi, suyukli rafiqa va muhtarama ona – asrlar davomida ayol mana shunday tashbihlar bilan eʼzozlab kelinadi. Bugungi dunyoda ayolning biznes va siyosatdagi ishtiroki, uning dunyodagi jarayonlar, fan va texnika taraqqiyotiga taʼsiri hech kimni ajablantirmaydi ham.

Xoʻsh, zamonaviy ayol qanday boʻlishi kerak? Ayol hayotining mohiyati,  uning hayotda, oila va jamiyatda tutgan oʻrni nimalardan iborat ekanligini qanday anglash mumkin?

8 Mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi “Zamonaviy Oʻzbekistonda xotin-qizlarning oʻrni toʻgʻrisida jamoatchilik fikri” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazishni boshladi. Soʻrovning maqsadi soʻnggi yillarda umuman Oʻzbekiston jamiyatida, xususan, oilada, kasbiy, ilmiy va ijodiy hayotda xotin-qizlarning oʻrni qanday oʻzgarganligi, shuningdek, hayotiy voqelikda ayol qanday murakkabliklarga duch kelayotgani haqida jamoatchilik fikrini oʻrganish hisoblanadi.