16.02.2022
356
«Zamonaviy sosiologiyani rivojlantirishda jamoatchilik fikrining roli (sosiologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha)»
2022 yil 24 fevral' kuni soat 16.00da «Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM, Rossiya), YuNESKO MOST dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy qo‘mitasi, «INSA-CONSULERE» (Germaniya) bozor va ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan birgalikda «Zamonaviy sosiologiyani rivojlantirishda jamoatchilik fikrining roli (sosiologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha)» mavzusida onlayn-formatida «Jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, usullar, amaliyot» xalqaro ilmiy-amaliy seminarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Seminarda chet el va mamlakatimiz sosiolog olimlari ishtirok etishadi.