642

Mamlakatimiz elektron ommaviy axborot vositalari veb-saytlari nashrlarining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini yoritish” mavzusidagi monitoringi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini yoritish” mavzusida kontent-tahlilning sotsiologik usuli asosida elektron ommaviy axborot vositalarining monitoringi oʻtkazildi.

Tanlovga Milliy domenning foydalanuvchilar orasida eng ommalashgan “Prezident.uz”, “Xs.uz”, “UzA.uz”, “Yuz.uz”, “Kun.uz”, “Gazeta.uz”, “Daryo.uz” va “Podrobno.uz” kabi davlat va xususiy internet nashrlari kiritildi.

Umuman olganda, manbalarning ommaviyligi va nufuzliligi, shuningdek, auditoriyaga taʼsir oʻtkazish va jamoatchilik fikrini shakllantirish qobiliyati tanlovning asosiy mezonlari boʻldi. Tadqiqot davri 2022-yil dekabr - 2023-yil yanvar oylarini oʻz ichiga oldi.

1-rasm. Manbalar boʻyicha axborot materiallari ulushlarining nisbati

1-rasmdan koʻrinib turganidek, oʻrganish davrida tanlab olingan internet nashrlari orasida tadqiqot mavzusi boʻyicha eng koʻp axborot-tahliliy materiallar quyidagi internet nashrlari tomonidan chop etildi va ular tanlab olingan nashrlar umumiy hajmidan 58,2%ni tashkil qildi (459 ta maqola): “Gazeta.uz” (116),  “Podrobno.uz” (91) va “UzA.uz” (60 ta maqola).

Nashrlar mazmunining tahlili materiallarning umumiy hajmidan 275 ta maqola axborot xususiyatiga va 184 tasi tahliliy xususiyatga ega ekanligini aniqlab berdi. Maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, tadqiqot vaqtida tanlangan materiallarni (459 ta) ikki million olti yuz toʻqson besh ming nafardan ortiq foydalanuvchilar koʻrib chiqishga ulgurishdi (2695 466-marta koʻrilgan), (2-rasmga qarang).

2-rasm. Tadqiq etilayotgan mavzu boʻyicha axborot materiallarining soni, nashrlarning xususiyati va koʻrishlarning umumiy soni

3-rasm. Klassifikator yoʻnalishlari boʻyicha nashrlarning umumiy soni

Axborot materiallari “Siyosat”, “Huquq”, “Jamiyat”, “Fan va taʼlim”, “Sogʻliqni saqlash”, “Madaniyat”, “Sport”, “Texnologiya” va “Iqtisodiyot” yoʻnalishlari boʻyicha guruhlangan (4-rasmga qarang).

4-rasm. Tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha tanlab olingan nashrlar nisbati

Diagrammadan koʻrinib turganidek, eng koʻp nashrlar “Jamiyat” (209 ta), “Siyosat” (157 ta) va “Iqtisodiyot” (69 ta) kabi sohalarga toʻgʻri keladi. Tadqiqot sohalari boʻyicha nashrlarning ulushlari quyidagicha taqsimlandi:

Nashrlarning asosiy qismi boshqaruvni maʼmuriy isloh qilish, “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” yoʻnalishi (35,9%) hamda fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va mahallalarni obodonlashtirishni oʻz ichiga olgan ijtimoiy sohaga, xususan, “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, mahalla instituti” yoʻnalishiga (30,1%) bagʻishlangan. Nashrlarning eng kam soni jamiyatda millatlararo doʻstlik va dinlararo totuvlikni, bagʻrikenglikni mustahkamlash bilan bogʻliq yoʻnalishga bagʻishlangan (2,9%).

“Siyosat” sohasida nashrlarning asosiy qismi “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” yoʻnalishiga toʻgʻri keladi (88,5%).

“Iqtisodiyot” sohasida nashrlarning eng koʻp soni “Mahalliy va xorijiy investitsiyalarning oʻsishi” (55,1%) hamda “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” (24,6%) yoʻnalishlariga toʻgʻri keladi.

5-rasm. Tadqiqot sohalari boʻyicha klassifikator yoʻnalishlarining tanlab olingan nashrlari nisbati

6-rasm. Oylar boʻyicha nashrlarning umumiy hajmga nisbati

6-rasmdan koʻrinib turibdiki, nashr qilish boʻyicha eng koʻp faollik 2022-yilning dekabr oyiga toʻgʻri keladi.

 

Xulosalar

Tadqiqot mavzusi boʻyicha veb-saytlarning kontent-tahlili natijasiga koʻra, umuman olganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini yoritish” mavzusidagi kontent-tahlil tadqiqoti shuni koʻrsatmoqdaki, tadqiqot davrida ommaviy axborot vositalari axborot materiallarining katta qismi Oʻzbekiston jamiyati hayotidagi muhim voqealarni yoritgan.

Elektron ommaviy axborot vositalarining media bazasini oʻrganish doirasida veb-saytlar monitoringi shuni koʻrsatdiki, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks, tizimli ishlar olib borilmoqda.

Tadqiqot natijalari shundan dalolat berib turibdiki, 2022-yilning dekabr va 2023-yilning yanvar oylarida tanlab olingan internet nashrlarining kontent tahlili chogʻida 459 ta maqola chop etilgan boʻlib, ulardan 275 tasi axborot materiallari hisoblanadi va 184 tasi tahliliy xususiyatga ega, yaʼni muayyan faktlar tahlil qilinadigan, shuningdek, yakuniy xulosaga kelinadigan va xulosalar keltiriladigan matnni oʻzida namoyon etuvchi publitsistik janrdadir.

Klassifikator yoʻnalishlari boʻyicha nashrlarning eng koʻp soni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining maʼmuriy tizimini isloh qilish, “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” yoʻnalishi (50,6%) hamda fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va mahallalarni obodonlashtirishni oʻz ichiga olgan ijtimoiy soha, xususan, “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, mahalla instituti” yoʻnalishi bilan bogʻliq (19,8%). Yoritish intensivligi boʻyicha keyingi oʻrinda “Mamlakat iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarning oʻsishi” yoʻnalishi turadi (14,8%).

Klassifikator yoʻnalishlariga nisbatan belgilangan davr uchun nashrlarning eng koʻp soniga ega boʻlgan sohalardagi axborot materiallarining qiyosiy tahlili shuni koʻrsatdiki, “Jamiyat” sohasida maqolalarning eng koʻp soni klassifikatorning quyidagi yoʻnalishlariga toʻgʻri keladi: “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” (35,9%) va “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, mahalla instituti” (30,1%).

“Siyosat” sohasidagi nashrlarning mutlaq koʻpchiligi ham “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” yoʻnalishiga toʻgʻri keladi (88,5%).

Nashrlarning intensivligi va hajmi boʻyicha keyingi oʻrinni “Iqtisodiyot” sohasi band etgan boʻlib, uning nashrlarining asosiy ulushi “Mamlakat iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarning oʻsishi” (55,1%) hamda “Samarali davlat boshqaruvi tizimi” (24,6%) yoʻnalishlariga toʻgʻri keladi (5-rasm).

Taʼkidlash lozimki, hisoblash vaqtida tadqiqot mavzusi boʻyicha chop etilgan axborot materiallarini koʻrib chiqishlarning umumiy hajmi 2,6 mln.dan ortiq boʻldi (2-rasm).