202

“Jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, usullar, amaliyot” ilmiy-amaliy seminarining “Zamonaviy tadqiqotchi: kommunikatsiya, tahliliyot, konsalting” mavzusidagi majlisi PRESS-RELIZI

 

Soʻnggi yillarda rivojlanib borayotgan jamoatchilik fikrini faol oʻrganish jarayoni odamlarning fikri ijtimoiy munosabatlar holatining muhim ijtimoiy koʻrsatkichi ekanligidan dalolat beradi. Jamoatchilik fikri vaziyatga ozmi-koʻpmi taʼsir qilishi uchun tadqiqot natijalarining yuqori darajada ob’yektivligi va ishonchliligiga, shuningdek, tadqiqotlarning yuqori sifatda oʻtkazilishiga erishish kerak. Bugungi kunda  tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni, sotsiologik maʼlumotlarni tahlil qilish va talqin etish usullarini takomillashtirish zarurati jamoatchilik fikrini oʻrganishga qiziqishni kuchaytiradigan muhim omil hisoblanadi.