54

Acted halqaro NNT Toshkent shahridagi International Hotel mehmonxonasida “Markaziy Osiyoda gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olishda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining rolini kuchaytirish” mavzusidagi loyixaning yakuniy tadbirini hamda Markaziy Osiyo jamoatchilik tashkilotlarining hududiy yigʻilishini oʻtkazdi.

Bu tadbir Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda zoʻravonlik xavfi ostida boʻlgan va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish uchun fuqarolik jamiyati salohiyatini mustahkamlash loyihasining muhim bosqichi hisoblanadi. Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) tomonidan moliyalashtirilgan va Shveysariya hukumati (Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi) tomonidan hamkor sifatida amalga oshirilgan mintaqaviy loyiha hisoblanadi.