167

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDAGI JAMOATCHILIK FIKRI SOʻROVI

1 sentyabr kuni Oʻzbekiston xalqi milliy bayram – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligini nishonlaydi.

Ushbu qutlugʻ sanani munosib nishonlash maqsadida “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.