172

TURIZM VA TURISTIK INDUSTRIYANI RIVOJLANTIRISH: IJTIMOIY TADQIQOTLARNING YANGI YOʻNALISHI

“2027 yil – Xalqaro barqaror va umri boqiy turizm yili”  rezolyutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Ushbu taklifning tashabbuskori — Oʻzbekiston va BMTga aʼzo 80dan ortiq mamlakatlar esa rezolyutsiyaga hammuallif boʻldilar. Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiya jahon miqyosida turistik industriyani rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

Qabul qilingan hujjatga mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023 yil oktyabr oyida Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining Samarqandda boʻlib oʻtgan sessiyasida turizm sohasining barqarorligi va zamonamizning yangi muammolari hamda daʼvatlariga nisbatan moslashuvchanligi toʻgʻrisidagi maʼruzasi tezislari asos qilib olingan.