21.09.2024
84
Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari ilmiy jurnalining 3-soni nashr etildi. Mazkur ilmiy jurnalda O‘zbekiston va xorij olimlari, tadqiqotchi izlanuvchilarining ilmiy maqolalari chop etilgan.
Mazkur sonda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi derektori Nigina Raximovaning “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalarini aktuallashtirish” nomli ilmiy maqolasi chop etilgan bo‘lib mazkur maqolada odam savdosi va majburiy mehnat kabi xavfli turdagi jinoyatlarning paydo bo‘lishi va mavjudligiga hissa qo‘shadigan sabablar va omillar, shuningdek, mamlakatimiz fuqarolarining ushbu salbiy hodisaga munosabati tahlil qilinadi. Umuman olganda, jamoatchilik fikrini tahlil qilish odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashda, inson huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlashda katta yutuqlarga erishilganligini tasdiqlaydi. Tadqiqot davomida fuqarolar odam savdosi muammosini samarali oldini olish, aniqlash va hal qilish uchun davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va oddiy fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligiga ishonch bildirdilar.