142

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi bayrami arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Inson huquq va erkinliklari: baholar, fikrlar va munosabatlar” mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazildi, unda sud-huquq islohotlarining asosiy maqsad va yoʻnalishlari, inson huquqlari toʻgʻrisida fuqarolarning xabardorlik darajasi aniqlandi, shuningdek, aholining huquqiy muhofaza darajasi haqidagi fikr va tasavvurlari hamda mamlakatimiz Asosiy Qonuniga munosabati oʻrganildi.

Hozirgi paytda Oʻzbekistonda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqiy ongini shakllantirish masalalari tobora dolzarblashib bormoqda. Bu islohotlar va demokratik jamiyat qurish yoʻlidan borayotgan jamiyat, davlatimiz fuqarolarning huquqiy va davlat metalligini tubdan oʻzgartirishga juda muhtojligi bilan bogʻliqdir. Sud-huquq tizimining islohoti boʻyicha aholining fikrini oʻrganish, fuqarolarning huquqiy himoyalanganlik hamda inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishi darajasi toʻgʻrisidagi tasavvurlarini aniqlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini baholash alohida ahamiyat kasb etayotgan masalalardan hisoblanadi, ularni bilish huquqiy sohadagi mavjud muammolarni yanada samarali va sifatli hal etish, kamchiliklarni aniqlash va ularni hal etish yoʻllarini belgilash imkonini beradi.