211

25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni

Har yili dunyo boʻyicha qator davlatlarda 25 noyabr –  Xalqaro  xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kunigacha boʻlgan davrda “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro targʻibot kompaniyasi oʻtkaziladi. 

Xalqaro  va alohida davlatlar darajasida olib borilayotgan ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurash va uning oldini olish global miqyosda inson huquqlari va gender tenglikni taʼminlashning muhim yoʻnalishi hisoblanadi. 

Mamlakatimizda ham xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi bir qancha  maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, keng jamoatchilikka gender tengligining mazmuni, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar va qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borilmoqda.