29.03.2025
22
Joriy yilning 28 mart kuni “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Zamonaviy globallashuv sharoitida jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishga oid ilmiy-amaliy tadqiqotlarning roli tobora ortib bormoqda. Ushbu jarayon, ayniqsa, Oʻzbekiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy transformatsiyalari sharoitida, dolzarb masala sifatida koʻrib chiqilmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Ijtimoiy fikr“ Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan tashkil etilgan doimiy ilmiy-amaliy seminar doirasida “Zamonaviy Oʻzbekiston jamiyatida ijtimoiy voqelikning xususiyatlari“ mavzusida navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi.