176

«PREZIDENT SAYLOVI – 2023” mavzusidagi jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari

Mamlakat Prezidentining muddatidan ilgari o‘tkaziladigan saylovi doirasida «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi joriy yilning 10-mayidan 26-iyunigacha jamoatchilik fikri so‘rovlarini o‘tkazdi. Tadqiqotlarda mamlakatning barcha mintaqalaridagi 18 va undan katta yoshdagi 4200 nafardan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan erkaklar - 49,9% va xotin-qizlar 50,1%ni tashkil qildi.