4

“Ijtimoy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Мarkazi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari: hayotiy pozitsiyalar va qadriyat ustuvorliklari” mavzusida keng kamrovli tadqiqot o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadqiqotning maqsadi yoshlarning hayotiy pozitsiyalari mazmunini ularning ehtiyojlari, qarashlari va ko‘rsatmalarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarni aniqlash orqali o‘rganishdir.

So‘rovda respublikaning barcha hududlarida 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shahar va qishloq aholisi, turli millat va aholining ijtimoiy guruhlari vakillari, davlat tashkilotlari va korxonalari ishchilari, xususiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadiganlar, tadbirkorlar, yoshlar, yigit-qizlar, maktab o‘quvchilari, talabalar va turli sohalarda va ishlab chiqarishda ishlaydiganlar ishtirok etdi.

 

TADQIQOT