318

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan qizg‘in muborakbod etadi!Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma'noda umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan yuksak vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylandi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, darhaqiqat, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda bizning har birimiz har qachongidan ko‘ra chuqur his etmoqdamiz. Ana shunday buyuk ma'naviy qudrat manbai bor ekan, bebaho ona-yurtimiz doimo nurafshon, xalqimizning turmushi hamisha farovon bo‘ladi. Qutlug‘ bayram munosabati bilan aziz yurtdoshlarimizga “Armiya va xalq – bir tanu bir jondir” degan ulug‘ g‘oyani yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mamlakatimizning mudofaa qobiliyati metindek mustahkam, xalqimizning hayoti tinch va barqaror, yurtimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishini tilaymiz!


BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ DO‘STLAR!

“Ijtimoiy fikr”
respublika jamoatchilik
fikrini o‘rganish Markazi

“Ijtimoiy fikr” RJFO‘M Vatan himoyachilari kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, armiyadagi xizmat va harbiylik kasbiga o‘zbekistonliklarning munosabatini aniqlash maqsadida mamlakat fuqarolari o‘rtasida sosiologik so‘rov o‘tkazdi. Unda mamlakatning barcha mintaqalarida yashovchi fuqarolar, erkaklar va ayollar, yoshlar va katta avlod vakillari, turli kasb egalari ishtirok etishdi. 

BATAFSIL...