29.12.2021
306
FUQAROLARNING YANGI YILOLDI KAYFIYATI
Bayramlar, o‘ziga xos madaniy ramz hisoblanib, jamiyatning jipslashuviga yordam beradi, shuningdek, ijtimoiy me'yorlar haqidagi ma'lumotlarni erkin va his-hayajonli vaziyatda yetkazish orqali yoshlarni an'anaviy qadriyatlarga amal qilishga undagan holda, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakka umid va ishonch bilan to‘lib-toshgan eng sevimli va quvonchli bayramlardan biri - Yangi yil o‘zbekistonliklar uchun ana shunday bayramlardan hisoblanadi.
Yangi yil arafasida «Ijtimoiy fikr» RJFO‘M mamlakatimiz fuqarolari yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini qanday kayfiyat va umidlar bilan kutib olishni rejalashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida «Fuqarolarning yangi yiloldi kayfiyati» mavzusida sosiologik so‘rov o‘tkazdi.