172

Mamlakatimiz elektron ommaviy axborot vositalari veb-saytlari nashrlarining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini yoritish” mavzusidagi monitoringi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi ustuvor yoʻnalishlarining amalga oshirilishini yoritish” mavzusida kontent-tahlilning sotsiologik usuli asosida elektron ommaviy axborot vositalarining monitoringi oʻtkazildi.

Tanlovga Milliy domenning foydalanuvchilar orasida eng ommalashgan “Prezident.uz”, “Xs.uz”, “UzA.uz”, “Yuz.uz”, “Kun.uz”, “Gazeta.uz”, “Daryo.uz” va “Podrobno.uz” kabi davlat va xususiy internet nashrlari kiritildi.

Umuman olganda, manbalarning ommaviyligi va nufuzliligi, shuningdek, auditoriyaga taʼsir oʻtkazish va jamoatchilik fikrini shakllantirish qobiliyati tanlovning asosiy mezonlari boʻldi. Tadqiqot davri 2022-yil dekabr - 2023-yil yanvar oylarini oʻz ichiga oldi.

BATAFSIL...